Bog‘chalar yopiladimi?

Date:

Mamlakatimizda kuzatilayotgan anomal issiq havo sharoitida aholi salomatligi, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu boradagi qarorlar hududlardagi ob-havo sharoiti va sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinadi. Mazkur jarayonda mahalliy hokimliklar, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hamda “O‘zgidromet” bilan hamkorlikda vaziyat muntazam o‘rganilmoqda.

Zarurat yuzaga kelgan hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Bunday choralar bolalarning sog‘lig‘ini himoya qilish, issiq ob-havoning salbiy ta’sirining oldini olish va ta’lim-tarbiya jarayonida xavfsiz sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

Avvalroq anomal issiq sabab Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati ham mahalliy hokimliklar va sanitariya xulosalari asosida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun