Safda ham, ta’limda ham ildam

Date:

Mamlakatimizda yoshlarning oliy ta’lim olish istagini qo‘llab-quvvatlash, ularga teng imkoniyatlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu jarayonda muddatli harbiy xizmatchilarning ta’lim olishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari ruxsatnomalarini yuklab olish boshlanganligi munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchilarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mutaxassislar ko‘magida harbiy xizmatchilar Bilim va malakalarni baholash agentligining elektron platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali abituriyent ruxsatnomalarini yuklab oldi. Shuningdek, ularga test sinovlarida ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, ruxsatnomadagi ma’lumotlarni tekshirish hamda imtihon tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Harbiy qismlarda yaratilgan zamonaviy sharoitlar, elektron resurslar va o‘quv adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatlari muddatli harbiy xizmatchilarning bilimini oshirish hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun