Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Date:

Hududlarda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish aholi salomatligini muhofaza qilish va og‘ir kasalliklarga chalingan bemorlarga sifatli tibbiy yordamni yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi navbatdagi muhim voqea Qiziriq tumanida ro‘y berdi.

Qiziriq tumanida viloyatimiz tarixida ilk bor yuragida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan 6 yoshli bolakayda ochiq yurak jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Murakkab operatsiya Respublika bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Baxtiyorjon Umarov boshchiligidagi kardioxirurglar hamda viloyat va tuman shifokorlari hamkorligida amalga oshirildi.

Mazkur amaliyot hududlarda zamonaviy tibbiy xizmatlarni rivojlantirish, inson hayotini asrash va aholiga malakali tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirish yo‘lidagi muhim natijalardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun