Inklyuziv muhit rivojlantiriladi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil hayot kechirishi va jamiyatga faol integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan yangi ijtimoiy xizmatlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Shu maqsadda tumanning “Bog‘aro” mahallasida tadbirkor Xoliyeva Matluba tomonidan tashkil etilgan “Duyora Mehri 777” MCHJ negizida “Yangi kun” kunduzgi parvarish markazi faoliyat boshladi. Markaz 18 yoshdan katta ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kunduzgi parvarish, ijtimoiy moslashtirish va mustaqil hayot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xizmatlarni taqdim etadi.

Ochilish marosimida tuman hokimining o‘rinbosari N. Allanazarov ishtirok etib, ushbu loyiha nogironligi bo‘lgan fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mazkur markazning ishga tushirilishi hududda inklyuziv muhitni rivojlantirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun