120 nafar bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi

Date:

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va bolalar uchun zamonaviy ta’lim muhitini yaratish yo‘lidagi ishlar Termiz tumanida izchil davom etmoqda.

Termiz tumani “Istiqlol” mahallasida 120 o‘rinli 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi. Mahalliy budjetdan ajratilgan 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablar asosida yangilangan muassasa barcha zarur sharoitlar bilan jihozlandi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Shuxrat Qalandarov ishtirok etib, ushbu loyiha maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Yangi bog‘chaning ishga tushirilishi natijasida mahalladagi 120 nafar bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi. Natijada tumanda maktabgacha ta’lim qamrovi 88 foizga yetadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun