TerDU bitiruvchilari tantanali kuzatildi

Date:

Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi bugungi kunning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Termiz davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili bitiruvchilarini tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi. Kechki tantanada esa qizil diplom sohiblari hamda magistratura bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Universitet rektori A. Toshqulov bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularni yurt ravnaqi yo‘lida bilim va salohiyatini munosib namoyon etishga chorladi hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Kuy-qo‘shiqlar, san’atkorlar chiqishlari va mushakbozlik bilan bezatilgan bayram oqshomi bitiruvchilar uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida universitetni 4 ming nafardan ortiq talaba tamomlamoqda. E’tiborlisi, bugungi kunga qadar bitiruvchilarning 90 foizi ish bilan ta’minlangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun