E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

Date:

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan ayrim toifadagi transport vositalarini oldi-sotdi qilish jarayonida yangi tartib – “eskrou” tizimi joriy etildi. Mazkur yangilik bitimlar xavfsizligini ta’minlash, firibgarlik holatlarini kamaytirish hamda fuqarolar uchun qulay va shaffof mexanizm yaratishga qaratilgan.
Yangi tizimga ko‘ra, oldi-sotdi jarayoni endi uch bosqichda – notarial idora, bank va yana notarial idora orqali aniq tartibda amalga oshiriladi.
Haridor (A) va sotuvchi (B) notarial idoraga murojaat qiladi. Notarius yoki uning yordamchisi avvalo haridorning bankda ochilgan eskrou hisobvarag‘i mavjudligini tekshiradi va yangi tartib bo‘yicha qisqacha tushuntirish beradi.
Haridor bankka borib, eskrou shartnomasini rasmiylashtiradi. Maxsus kassada pul mablag‘i eskrou hisobvarag‘iga kiritiladi.
Shundan so‘ng:
haridorga eskrou hisobvarag‘i va shartnoma raqami beriladi;
bank notariusni haridorning tayyorligi haqida xabardor qiladi.
Bu bosqichda pul sotuvchiga emas, balki maxsus hisobda “muzlatilgan” holda saqlanadi.
Haridor notariusga eskrou hisobvarag‘i ma’lumotlarini taqdim etadi. Notarius bank tizimi orqali elektron so‘rov yuboradi va javob o‘rtacha 3–5 daqiqa ichida olinadi.
Agar tomonlar o‘rtasida e’tiroz bo‘lmasa, notarial bitim tasdiqlanadi. Shundan so‘ng tizim avtomatik ravishda bankka mablag‘ni sotuvchiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq yuboradi. Tasdiqlangan bitim asosida bank 7–10 daqiqa ichida mablag‘ni sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazadi. Sotuvchi esa ushbu mablag‘ni naqd pul shaklida, bank kartasiga, boshqa hisob raqamiga, omonatga yoki xorijiy valyutaga aylantirish kabi istalgan usulda tasarruf etishi mumkin.
Fuqarolar uchun yana bir muhim yangilik shundaki, endilikda eskrou hisobvarag‘ini masofadan turib ochish imkoniyati ham yaratilgan.
Yangi “eskrou” tizimi ko‘chmas mulk va transport savdosida eng muhim muammolardan biri bo‘lgan xavfsizlik va ishonch masalasini hal etishga xizmat qiladi. Endilikda har ikkala tomon – ham xaridor, ham sotuvchi o‘z manfaatlarining kafolatlanganiga ishonch hosil qiladi. Bu esa fuqarolar uchun yanada shaffof, tezkor va zamonaviy oldi-sotdi tizimini yaratib, bozor munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqadi.

J.Pardayev,
Sho‘rchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun