Befarqlikka o‘rin yo‘q

Date:

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi va tabiatning ifloslanishi global xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois ekologik madaniyatni shakllantirish va tabiatga mas’uliyat bilan yondashish har bir insonning fuqarolik burchiga aylanmoqda.
Shu munosabat bilan Angor tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Angor tumani tashkiloti hamkorligida “Atrof-muhitni asrash — umumiy burchimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir “Navbahor” mahallasidagi Markaziy kutubxona ochiq yashil hududida tashkil etilib, unda yoshlar, kitobxonlar va mahalla faollari ishtirok etdilar.
So‘zga chiqqanlar ekologik muammolar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv va yer boyliklarini asrash hamda yashil hududlarni ko‘paytirish masalalari yuzasidan fikrlar bildirdi. Shuningdek, chiqindilarni saralash, tejamkorlik madaniyatini shakllantirish va ko‘chat ekish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ishtirokchilar ekologik muammolarni bartaraf etishda jamoatchilikning faolligi muhimligini ta’kidlab, tabiatni asrash bo‘yicha o‘z tashabbuslarini bildirdilar.
Tabiatni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlodga musaffo muhit qoldirish har birimizning muqaddas burchimizdir. Zero, sog‘lom tabiat – sog‘lom hayot poydevoridir.

Hilola Rahmonova,
Angor tuman AKM Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmat rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun