Surxondaryo—Mogilyov: hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Hududlararo hamkorlikni kengaytirish investitsiyalarni jalb etish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashning muhim omillaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Belarus Respublikasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Belarus hududlarining III forumi doirasida qator amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda Mogilyov viloyati vakillari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasi hamda qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va qayta ishlash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya Belarusning chorvachilik, meva-sabzavotchilik va sutni qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishib, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.

Mazkur tashrif ikki hudud o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish uchun muhim zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun