Bolalar malakali mutaxassislar nazoratida

Date:

Bolalarda yurak kasalliklarini erta aniqlash va zamonaviy davolash imkoniyatlarini hududlarga yaqinlashtirish sog‘liqni saqlash tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Qiziriq tumanida Bolalar milliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida markazning yetakchi mutaxassisi Abbos Ergashev yurak-qon tomir tizimida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdi. Bemorlarning holati baholanib, zarur tavsiyalar berildi, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalar uchun esa Bolalar milliy tibbiyot markazida davolanish bo‘yicha yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

Mazkur tashabbus ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni hududlarda yanada ommalashtirish, yurak xastaliklarini erta aniqlash hamda bolalarning sog‘lom va baxtli kelajagini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun