“Yangi kun” markazi ish boshladi

Date:

Oltinsoy tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yildi. “Bo‘ston” mahallasida tashkil etilgan markaz 18 yoshdan katta ruhiy holati buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga kunduzgi parvarish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatmoqda.

Markazda xizmat oluvchilarning mustaqil hayot kechirishi uchun zarur maishiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularning jamiyatga moslashuvi va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirda xizmatlardan 7 nafar fuqaro foydalanmoqda.

Tuman hokimi Otabek Mavlyanov markaz faoliyati bilan tanishib, xizmatlar sifatini yanada oshirish va qamrovini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Mazkur tashabbus nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun