Endi onlayn…

Date:

Farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga imtiyozli navbat asosida joylashtirish huquqiga ega oilalar endilikda barcha jarayonni my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali onlayn amalga oshirishi mumkin.

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolardan turli idoralarga borish yoki qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish talab etilmaydi. Tizim ariza beruvchining imtiyoz huquqini davlat organlarining axborot bazalari orqali avtomatik tekshiradi.

Mazkur xizmat harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, talabalar, pedagoglar hamda qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozli toifalar uchun qulaylik yaratadi.

Yangi xizmat davlat xizmatlarini raqamlashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish va fuqarolar uchun bog‘cha qabuli jarayonini yanada tezkor hamda shaffof tashkil etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun