Angor tumani hokimi Qosim Mardonov Kattaqum mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida barpo etilayotgan savdo, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish obyektlaridagi qurilish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida qurilish sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, zamonaviy talablar asosida bunyodkorlik ishlarini olib borish hamda hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunida mas’ullarga obyektlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, ularni tez fursatda foydalanishga topshirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladigan loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

