Migratsiya qonunchiligiga rioya etilmoqda

Date:

Sherobod tumanida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi doirasida migratsiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat ishlari davom etmoqda.

Reydlar davomida ko‘p qavatli uylar, korxona va tashkilotlar, sanoat zonalari hamda mehmonxonalarda pasport-viza qoidalariga amal qilinishi o‘rganilib, fuqarolar va mas’ullarga yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan chet el fuqarolariga mamlakatimizda bo‘lish va migratsiya qoidalari bo‘yicha zarur ma’lumotlar yetkazildi.

Mazkur tadbirlar jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda migratsiya sohasida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun