Yagona raqamli boshqaruv platformasi joriy etiladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish, startaplar ekotizimini rivojlantirish va telekommunikatsiya sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Yangi platforma sun’iy intellekt asosida hududlar iqtisodiyoti, investitsiyalar, ekologiya, xavfsizlik, infratuzilma va aholini qiynayotgan muammolarni yagona tizimda tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Tizim joriy yilda Toshkent shahrida, 2027-yildan esa barcha hududlarda bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, milliy navigatsiya tizimini yaratish, startaplar uchun 530 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratish hamda olis hududlardagi tadbirkorlar uchun qulay telekommunikatsiya tariflarini joriy etish taklif qilindi.

Davlat rahbari mazkur tashabbuslarni ma’qullab, davlat idoralari ma’lumotlarini integratsiya qilish, raqamli xizmatlar sifatini oshirish, kiberxavfsizlikni kuchaytirish va xususiy sektor uchun yanada qulay muhit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun