O‘zbek alifbosi takomillashtiriladimi?

Date:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasini qabul qildi. Loyihaga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga alifbo 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Qonun loyihasi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Avval rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar, shuningdek, davlat organlarining peshlavha va ramziy belgilari belgilangan muddatgacha amalda qoladi.

Mazkur yondashuv alifbodagi o‘zgarishlarni ortiqcha budjet xarajatlarisiz, davlat idoralari va tashkilotlari uchun qulay hamda izchil tarzda amalga oshirish imkonini beradi.

Qonun loyihasi endilikda ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun