“Chaqar”da tibbiy ko‘rik

Date:

Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini kuchaytirish inson farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Uzun tumanining “Chaqar” mahallasidagi 73-son oilaviy poliklinikada aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda Termiz harbiy gospitali hamda Uzun tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari ishtirok etib, fuqarolarni 11 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Tibbiy ko‘rik davomida aholining sog‘liq holati baholanib, kasalliklarni erta aniqlash, zarur tavsiyalar berish va davolash choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tashabbus fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun