Bolajonlar uchun yangi imkoniyat

Date:

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish uchun qulay sharoitlar yaratish kelajak avlod kamolotining muhim omilidir.

Sho‘rchi tumanida 90 o‘rinli 51-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan ushbu ta’lim maskanida bolalarning bilim olishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Yorug‘ va shinam xonalar, zamonaviy jihozlar hamda malakali pedagoglar faoliyati kichkintoylarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Mazkur yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarning baxtli kelajagi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning yana bir amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asfaltlash ishlari boshlandi

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi uchun qulay...

Oilaviy kutubxona tashkil etildi

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaani oilaviy qadriyatga aylantirish Yangi...

Chempion yurtga qaytdi

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak natijalar O‘zbekistonda sportni...

“Hirotga, bobomning huzuriga!”

Milliy tarix va ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, ajdodlarimiz qoldirgan...
KunTun
KunTun