Zamonaviy agrotexnologiya — yuqori hosil garovi

Date:

Qishloq xo‘jaligida suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, hosildorlikni oshirish va fermer xo‘jaliklari daromadini ko‘paytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Uzun tumanining Yangi hayot mahallasida “Yashil Agro Kamol” MCHJ tomonidan 2 gektar maydonda bodring yetishtirilmoqda. Ekin maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalanilayotgani natijasida suv resurslaridan oqilona foydalanilib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

Ayni paytda har 50 sotix yer maydonidan o‘rtacha 70 tonnagacha hosil olinmoqda. Yetishtirilgan mahsulot ichki bozorlarga yetkazib berilib, aholi ehtiyojini qondirish hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur tajriba zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali yer va suv resurslaridan unumli foydalanish, sifatli mahsulot yetishtirish va daromadni oshirish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun