Ishlar jadallashmoqda

Date:

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va dam olish sharoitlarini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Angor tumanining Navro‘z mahallasida “Turizm sayilgohi 24/7” loyihasi hamda ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi doirasidagi ishlar olib borilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimligi ijro apparati rahbari Murodali Yo‘ldoshev hududga tashrif buyurib, qurilish va obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida obyektlardagi ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda bunyodkorlik jarayonlari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga ishlarni jadallashtirish, sifat talablarini ta’minlash va loyihalarni o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur loyihalar hududning turizm salohiyatini oshirish, zamonaviy shaharsozlik muhitini shakllantirish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun