Tashqi savdo rivoji uchun yangi imkoniyatlar

Date:

Tashqi savdo hajmini oshirish, eksport-import jarayonlarini jadallashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda zamonaviy transport-logistika tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida transport-logistika sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda logistika kompaniyalari, eksport-import faoliyati ishtirokchilari, vakolatli davlat idoralari va soha ekspertlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, chegara postlarida xizmatlar samaradorligini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda logistika infratuzilmasini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Tadbirda Surxondaryoning Afg‘oniston bilan chegaradosh hudud sifatidagi strategik salohiyati, tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda meva-sabzavot va quruq mevalarni qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari taqdim etildi. Ochiq muloqot yakunida tadbirkorlarning takliflari asosida tashqi iqtisodiy faoliyat uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun