Mustahkam oila sari muhim qadam

Date:

Baxtli va barqaror oilani barpo etish yoshlarni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda o‘zaro hurmat va mas’uliyatni shakllantirishdan boshlanadi. Shu maqsadda Oltinsoy tumanidagi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maktabi”da navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulotda bo‘lajak kelin-kuyovlar bilan bir qatorda ularning onalari ham ishtirok etib, oilaviy hayotning huquqiy, ma’naviy va ruhiy-psixologik jihatlari, er-xotin hamda kelin-qaynona munosabatlarida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Hayotiy misollar va amaliy tavsiyalar asosida o‘tgan muloqot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday mashg‘ulotlar yosh oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy totuvlikni mustahkamlash va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun