Murojaatlarning yechimi ta’minlanmoqda

Date:

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida tinglash va amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida shaxsiy qabullar izchil tashkil etilmoqda.

Navbatdagi qabul viloyat Xalq qabulxonasida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev tomonidan o‘tkazildi. Unda 13 nafar fuqaro uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatlarning bir qismi qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar esa mas’ul idoralarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. Bunday qabullar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, dolzarb muammolarga tezkor yechim topish va davlat organlari bilan aholi o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun