Ta’limdan bandlik sari

Date:

Ta’lim va kasb-hunar orqali barqaror bandlikni ta’minlash bugungi kunda mintaqaviy taraqqiyot va ijtimoiy barqarorlikning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilgan loyiha yakunlariga bag‘ishlangan tantanali marosim hamda karyera festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, ish beruvchilar va loyiha hamkorlari ishtirok etib, Afg‘oniston fuqarolarini ta’lim, kasb-hunar va tadbirkorlik orqali qo‘llab-quvvatlash borasida erishilgan natijalar muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, ikki million dollarlik loyiha doirasida 136 nafar talabaning kontrakt va stipendiya xarajatlari qoplanib, 600 nafardan ortiq afg‘on fuqarosi kasb-hunar yo‘nalishlarida tahsil oldi.

Loyiha doirasida ta’lim markazining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, zamonaviy o‘quv sharoitlari yaratildi. Shuningdek, biznesni rivojlantirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 30 nafar ishtirokchiga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun 2 ming dollardan mini-grant, yana 39 nafar tashabbuskorga esa 4 ming dollargacha grant mablag‘lari ajratildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan karyera festivalida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan uchrashib, yangi ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va tadbirkorlik imkoniyatlari haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, loyiha ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Mazkur loyiha ta’limni bandlik va tadbirkorlik bilan uzviy bog‘lash, inson kapitalini rivojlantirish hamda mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi samarali xalqaro tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Oldingi sahifaOdil sudlov yo‘lida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limdan bandlik sari

Ta'lim va kasb-hunar orqali barqaror bandlikni ta'minlash bugungi kunda...

Odil sudlov yo‘lida

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni...

Sayohat — tafakkurni boyituvchi maktab

Yoshlarning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash, ularning ma'naviy dunyosini boyitish...

“Jasorat maktablari” sari ilk qadam

Yoshlarni vatanparvarlik, intizom va harbiy kasbga qiziqish ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun