Odil sudlov yo‘lida

Date:

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni ta’minlash hamda sud tizimining ochiqligi va shaffofligini oshirish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar Surxondaryo viloyati sudida o‘tkazilgan matbuot anjumanida atroflicha tahlil qilindi.

Anjumanda 2026-yilning birinchi yarim yilligida fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlar faoliyati, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlari, shuningdek, huquqiy targ‘ibot ishlari yuzasidan erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, fuqarolik sudlari tomonidan olti oy davomida 11 ming 732 ta fuqarolik ishi va 5 ming 520 ta material ko‘rib chiqilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha esa 2 ming 175 ta ish ko‘rilib, 2 ming 788 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 20 foizga oshgan.

Matbuot anjumanida sud tizimini raqamlashtirish borasidagi islohotlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, fuqarolarning sudga murojaat qilish, ariza yuborish, sud hujjatlarini olish va ishlar jarayonini kuzatish xizmatlari elektron shaklga o‘tkazilib, bu odil sudlovning ochiqligi va qulayligini ta’minlamoqda.

Shuningdek, sudlarda korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, “Raqamli sud” va “Aqlli sud” tizimlarini joriy etish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda malakali sud kadrlarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, sud-huquq tizimida olib borilayotgan bunday islohotlar fuqarolarning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limdan bandlik sari

Ta'lim va kasb-hunar orqali barqaror bandlikni ta'minlash bugungi kunda...

Odil sudlov yo‘lida

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovni...

Sayohat — tafakkurni boyituvchi maktab

Yoshlarning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash, ularning ma'naviy dunyosini boyitish...

“Jasorat maktablari” sari ilk qadam

Yoshlarni vatanparvarlik, intizom va harbiy kasbga qiziqish ruhida tarbiyalash...
KunTun
KunTun