Tashabbusli byudjet: ichki yo‘llar yangilanmoqda

Date:

Aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududlar infratuzilmasini yaxshilashda tashabbusli byudjet loyihalari muhim o‘rin tutmoqda. Fuqarolarning faol ishtiroki asosida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar mahallalarda qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumanining Xo‘jamulki mahallasida tashabbusli budjetning 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mahalla aholisining faolligi va ovoz berishdagi tashabbuskorligi natijasida hududdagi 3,2 kilometrdan ortiq ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizilib, yo‘l infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanmoqda.

Mazkur loyiha transport qatnovi qulayligini oshirish, aholining kundalik turmushini yengillashtirish hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy ishlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun