“Jasorat maktablari” sari ilk qadam

Date:

Yoshlarni vatanparvarlik, intizom va harbiy kasbga qiziqish ruhida tarbiyalash bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada “Jasorat maktablari” iqtidorli va intiluvchan yoshlar uchun muhim ta’lim maskaniga aylanib bormoqda.

Surxondaryo viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabulning birinchi bosqichi doirasida test sinovlari o‘tkazildi. Bilim va malakalarni baholash agentligining viloyat bo‘limida tashkil etilgan imtihonlarda shahar va tumanlardan kelgan talabgorlar ishtirok etdi. Sinovlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, ota-onalarga jarayonni onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Talabgorlar matematika va ona tili fanlaridan test topshiriqlarini bajarishdi. Qabulning ikkinchi bosqichi joriy yil iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Imtihonlardan so‘ng o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Unda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi, Termiz harbiy prokuraturasi, “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari hamda “Vatanparvar” tashkiloti mutaxassislari ishtirok etib, maktablarda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va harbiy kasbning ahamiyati haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari, kema modellari ko‘rgazmalari hamda harbiy orkestr va Faxriy qorovul jamoasining chiqishlari festivalga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Ayni paytda respublika bo‘yicha 208 ta, Surxondaryo viloyatida esa 15 ta “Jasorat maktabi” faoliyat yuritmoqda. Mazkur ta’lim maskanlari yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, kelgusida yurt mudofaasiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun