Samarali mexanizm

Date:

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazish mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda Termiz harbiy prokurori o‘rinbosari A.Almardanov tomonidan Muzrabot tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Unda tuman Favqulodda vaziyatlar hamda Mudofaa ishlari bo‘limlarida xizmat qilayotgan harbiy va ishchi-xizmatchilar  hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Qabul davomida kelib tushgan 13 ta murojaatdan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi, 6 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 3 ta murojaat esa ijobiy yechim topishi uchun nazoratga olindi.

S.Bebetov,
Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzumga yetdim, orzumni topdim

Har bir insonning bolalikdanoq istagan, orzu qilgan kasbi bo‘ladi....

Arxivlar taraqqiyoti

Arxivlar — bu shunchaki hujjatlar saqlanadigan maskan emas. Ular...

Sahifalarda yashar hanuz

Tarixiy kutubxonalar insoniyat sivilizatsiyasining bebaho boyligi bo‘lib, qadimiy kitoblar,...

Farovonlikka tahdid

Har qanday jamiyatning taraqqiyoti sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol...
KunTun
KunTun