BEPARVOLIK KECHIRILMAYDI

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi salomatligi va millat kelajagini belgilab beruvchi strategik ustuvor yo‘nalishdir. Demakki, ekologiya ikkinchi darajali masala emas, balki davlat siyosatining ajralmas qismiga aylangan.

Mazkur masala bugun Sho‘rchi tumani uchun ham bevosita dolzarbdir. Hududda ekologik muammolar inson omili sabab tobora kuchayib, tabiatga jiddiy zarar yetkazayotgani ayni haqiqat.

BEFARQLIK OYNASI

Tumandagi eng og‘riqli muammolardan biri — maishiy chiqindilarning belgilanmagan joylarga tashlanishidir. Natijada, tuproq zaharlanib, suv manbalari ifloslanmoqda, atmosfera buzilmoqda.

Bu holat ekologik madani-yatning yetarli darajada shakllanmaganidan dalolat beradi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasi ham achinarli holatda. Fermer xo‘jaliklarida irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv ariqlarini betonlash ishlari ham sust. Natijada suv behuda yo‘qotilmoqda. Iqlim o‘zgarishi kuchayib borayotgan bir paytda bu holatni oqlab bo‘lmaydi.

 KO‘RINMAS, AMMO XAVFLI

Atmosfera havosining ifloslanishi ham jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Ayrim issiqxonalar, hammomlar, g‘isht zavodlari ekologik meyorlarga rioya qilmasdan zararli tutunlarni havoga chiqarmoqda. Bu holat aholi salomatligiga ham bevosita tahdid solayotir.

SHUNCHAKI AKSIYA EMAS

Muammoning ildizi — eko-logik madaniyat yetishmasligi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish dolzarb. “Yashil makon” umummilliy loyihasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Bugun tumanda ekologik muammolarni hal etish — kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa. Tabiatni asrash faqat davlat idoralarining ishi emas, balki har bir fuqaroning kundalik burchiga aylanishi shart. Chunki tabiatni asrash — o‘z kelajagimizni asrashdir.

Diyor BEKMURODOV,

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sho‘rchi tuman Kengashi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun