Nishonda bo‘lmang!

Date:

Axborot texnologiyalari taraqqiyoti insonlarga katta qulayliklar yaratish bilan birga ayrim shaxslar tomonidan ulardan noqonuniy maqsadlarda foydalanish holatlari ham uchramoqda. Ayniqsa, Telegram messenjeri orqali tarqatilayotgan zararli APK fayllari fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, bank karta rekvizitlari va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Ana shunday kiber-tahdidlarning oldini olish maqsadida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “APK Qo‘riqchi” dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur Telegram orqali tarqatilayotgan shubhali APK fayllarini aniqlash, ular haqida foydalanuvchilarni ogohlantirish va qurilmalarni zararli dasturlardan muhofaza qilishga qaratilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, firibgarlar turli sovg‘alar, yutuqlar, imtiyozli xizmatlar yoki oson daromad va’dalarini bahona qilib, fuqarolarni zararli ilovalarni yuklab olishga undamoqda. Natijada telefonda saqlanayotgan ma’lumotlar qo‘lga kiritilishi, bank hisoblaridan mablag‘lar yechib olinishi yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar buzib kirilishi mumkin.
Raqamli texnologiyalar tobora hayotimizga chuqur kirib borayotgan bir paytda, kiberxavfsizlik har bir foydalanuvchi uchun muhim masalaga aylanmoqda. “APK Qo‘riqchi” loyihasi esa nafaqat zararli dasturlarni aniqlash, balki fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni internetdagi tahdidlardan ogoh etish va kiberjinoyatlar profilaktikasini kuchayti-rishga xizmat qilayotgan samarali tashabbuslardan biridir.
Zero, raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlash — bugungi kunning muhim talabi, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy manfaatlarini himoya qilish esa ustuvor vazifadir.

B. Abdualimov,
viloyat IIB KJQKB XPB katta inspektori, leytenant

Oldingi sahifaReja 103 foizga bajarildi
Keyingi sahifaUzQR majburiy

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zamonaviy va qulay…

Yosh avlodga zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish mamlakat ijtimoiy siyosatining...

Cho‘ng‘ara va Tosh-Tobo Qirg‘iziston tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida davlat chegarasini demarkatsiya qilish jarayoni...

Toqchida tibbiy punkt ish boshladi

Aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bugungi...

Hudud yanada ko‘rkam

Jarqo‘rg‘on tumanida temir yo‘l atrofidagi hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish...
KunTun
KunTun