UzQR majburiy

Date:

1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha yuridik shaxslar yagona UzQR tizimi orqali to‘lov qabul qilish imkoniyatini yaratishi shart bo‘ladi. Mazkur tizim xaridorlarga istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali bitta QR-kod yordamida to‘lov qilish qulayligini taqdim etadi.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, UzQR orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun sotuvchilardan tranzaksiya summasining 0,65 foizi miqdorida komissiya undiriladi. Biroq ayrim holatlarda xaridorlardan ham qo‘shimcha yig‘im olinayotgani kuzatilmoqda. Regulyator bunday to‘lovlar tizimning rasmiy tarifiga kirmasligi va ayrim ishtirokchilarning tashabbusi ekanini ma’lum qildi.

Mutaxassislar esa mavjud komissiya stavkalari naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish o‘rniga, ayrim tadbirkorlar va iste’molchilar uchun qo‘shimcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bois UzQR tizimining samaradorligi va tariflar masalasi jamoatchilik muhokamasidagi dolzarb mavzulardan biriga aylanmoqda.

Oldingi sahifaNishonda bo‘lmang!
Keyingi sahifa4 292 marotaba reyd

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun