Xalqaro maydonda yorqin g‘alaba

Date:

Tojikistonning Xo‘jand shahrida Sporting Karate bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida Sariosiyo tumani Sharg‘un sport maktabi tarbiyalanuvchilari yuksak natijalarni qayd etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqada sportchilarimiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, chempionlik kamari hamda kubok sohibiga aylandi. Bu muvaffaqiyat yoshlarimizning sportga bo‘lgan intilishi, murabbiylar mehnati va mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasidagi islohotlarning amaliy samarasini yana bir bor namoyon etdi.

Sariosiyolik sportchilarning xalqaro maydondagi ushbu yutug‘i yurtimiz sporti nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun