Kanop yetishtirish yo‘lga qo‘yildi

Date:

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va yuqori daromadli ekinlar ulushini oshirish maqsadida kanop yetishtirish bo‘yicha yangi loyiha boshlandi. Dastlabki bosqichda 10 gektar maydonda ekin ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda “Gulbahor Beshqo‘ton” fermer xo‘jaligining 4 gektar yerida kanop urug‘i qadab chiqilmoqda.

Kanop ekologik toza va qayta ishlash imkoniyati keng bo‘lgan strategik ekinlardan biri hisoblanadi. Uning tolasidan mato, arqon, qog‘oz hamda boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu bois mazkur loyiha hududda mahalliy xomashyo bazasini shakllantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va fermerlar daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muzrabot tumanida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan bunday tashabbuslar qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun