Zamonaviy tillar markazi ish boshladi

Date:

Sherobod tumanida yoshlarning zamonaviy ta’lim olishi va xorijiy tillarni puxta egallashi uchun muhim qadamlardan biri qo‘yildi. Tumanda yangi tashkil etilgan zamonaviy xorijiy tillar o‘quv markazi faoliyat boshladi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Usmon Alimov, yoshlar, nuroniylar hamda ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida xorijiy tillarni o‘rganayotgan, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘layotgan yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi.

Markazda ingliz, koreys va boshqa xorijiy tillar zamonaviy metodika asosida o‘qitilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, uzoq hududlardan keladigan o‘quvchilar uchun yotoqxona ham tashkil etilgan.

Mazkur markazning ish boshlashi Sherobodda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning xalqaro imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda kelajakda raqobatbardosh kadrlar safini kengaytirishga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun