Qumqo‘rg‘on–Quduqli temir yo‘li elektrlashtiriladi

Date:

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida 103 kilometr uzunlikdagi “Qumqo‘rg‘on–Quduqli” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari jadal davom etmoqda.

Hozirda hududdan o‘tgan temir yo‘l qismida sel oqimlari ta’sirida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish maqsadida suv o‘tkazuvchi quvurlar ta’mirlanib, ularning o‘tkazuvchanligi yaxshilanmoqda. Shuningdek, maxsus texnikalar yordamida beton tayanch ustunlar o‘rnatilmoqda.

Mazkur loyiha yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda hududning iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Elektrlashtirish ishlari natijasida kelgusida qatnovlar yanada tezkor va xavfsiz bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun