TerDU mutlaq g‘olib

Date:

Sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jamoaviy ruh va g‘alabaga intilish fazilatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar sporti esa yoshlarning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy salohiyatini ham namoyon etadi.

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining viloyat bosqichida gandbol bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Termiz davlat universiteti jamoalari mutlaq ustunlikni qo‘lga kiritib, ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Endilikda TerDU vakillari respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini himoya qiladi. Ushbu natija talabalarining matonati, jamoaviy birdamligi va sportdagi yuksak salohiyatining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun