Sifatsiz qurilish tanqid ostida

Date:

Davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari sifatli va belgilangan standartlar asosida bajarilishi muhim talab hisoblanadi. Afsuski, ayrim holatlarda mas’uliyatsizlik va sustkashlik oqibatida loyiha talablari buzilib, aholi manfaatiga xizmat qilishi kerak bo‘lgan ishlar sifatsiz bajarilmoqda.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tomonidan “Guliston” mahallasida Prezidentning PQ–141-son qarori doirasida olib borilayotgan sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi. O‘rganish davomida Zang kanalidan qishloqqacha bo‘lgan 2 kilometr ariqning 1 kilometri betonlangani, biroq pudratchi — “MUHAMMADSOLI-TA’MIRSERVIS” MCHJ tomonidan bajarilgan ishlar loyiha va qurilish me’yorlariga mutlaqo javob bermasligi keskin tanqid qilindi.

Shu bois betonlangan qismni to‘liq buzib, qayta sifatli qurish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi. Shuningdek, mahalladagi piyodalar yo‘lakchasi qurilishida ham kamchiliklar aniqlanib, mas’ullarga yo‘lakni qayta barpo etish vazifasi yuklatildi.

Tuman hokimi davlat mablag‘larining maqsadli sarflanishi va qurilish ishlari sifati ustidan nazorat kuchaytirilishini ta’kidlab, kelgusida bu kabi mas’uliyatsizlik holatlariga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun