“Xotira bor ekan — millat barhayot!”

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz shahridagi 18-son umumta’lim maktabida “Xotira bor ekan — millat barhayot!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari, ayniqsa, urush yillarini aks ettirgan chiqishlar tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi. 11506-harbiy qism orkestr jamoasining ishtiroki esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yosh avlodni tarixiy xotira ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatan ravnaqi uchun daxldorlik va faxr tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Dilfuza Xaitova,

Termiz shahridagi 18-son umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun