Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi tumanining “o‘sish nuqta”lari hamda ishga solinmagan imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Surxondaryo viloyati filiali tomonidan o‘rganildi.

Jarayonda hududda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining sur’atlari, moliyalashtirish holati hamda iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, bo‘sh turgan bino va yer maydonlaridan samarali foydalanish orqali yangi investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur tashabbuslar hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda Sho‘rchi tumanining iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun