“Burch, jasorat va matonat”

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo tumanida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda Sariosiyo tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari “Yoqutli bog‘” mahallasida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan 101 yoshli Yоrov O‘rinbaddal ota holidan xabar oldilar.

Samimiy uchrashuv davomida nuroniy ota urush yillaridagi og‘ir mehnat, xalqning sabr-matonati hamda tinch hayot uchun qilingan fidokorona xizmatlar haqida xotiralarini so‘zlab berdi. U yoshlarni tinchlikni asrash, Vatanga sadoqat va ajdodlar merosiga hurmat bilan qarashga chaqirdi.

Mazkur tashrif yosh avlodda Vatanga muhabbat, tarixga hurmat va nuroniylarga ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun