“Boysun bahori” — milliy meros va xalqaro hamjihatlik bayrami

Date:

Bugun Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” XIII xalqaro folklor festivali doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu anjuman festivalning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini yoritishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ullari, shuningdek, turli davlatlardan tashrif buyurgan delegatsiyalar, folklor jamoalari, jurnalistlar, blogerlar va faollar ishtirok etdi. Tadbir davomida festivalning o‘ziga xos jihatlari, uning xalqaro nufuzi hamda milliy nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlanganidek, “Boysun bahori” festivali nafaqat milliy qadriyatlarimizni namoyon etish, balki turli millat va elatlar o‘rtasida madaniy muloqotni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Festival orqali O‘zbekistonning boy folklor an’analari, qadimiy urf-odatlari va san’at durdonalari jahon sahnasiga olib chiqilmoqda.

Shuningdek, anjumanda festivalni yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, mehmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda xavfsizlik choralariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan batafsil javoblar oldilar.

Anjuman yakunida festival doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan navbatdagi tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar va konsert dasturlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Boysun bag‘rida kechayotgan ushbu nufuzli anjuman xalqimizning boy madaniy merosini yanada ulug‘lash, uni kelajak avlodlarga yetkazish hamda dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun