“To‘maris izdoshlari” bellashdi

Date:

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini oshirishda sport musobaqalarining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda universitetlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasiga start berildi.

Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Xususan, jamoalarni tanishtirish, sport bellashuvlari (yugurish, estafeta, darts va kamondan o‘q otish), birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda velosiped poygasi shartlari asosida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Har bir jamoa nafaqat jismoniy tayyorgarligini, balki bilim va jamoaviylik ko‘nikmalarini ham namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Mazkur musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, ularni jamoaviylik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, sog‘lom va faol avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun