Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Date:

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va irodasini mustahkamlashda turli musobaqalarning o‘rni muhim. Ayniqsa, respublika miqyosidagi bellashuvlar iqtidorli sportchilarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida 22–25-aprel kunlari kikboksing bo‘yicha kichik O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada sportchilar layt-kontakt, kik-layt, point-fayting, lou-kik, ful-kontakt hamda K-1 yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Unda Angor tumani sport maktabi vakillari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.

Xususan, Usmonov Suhrobjon 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abduxalilov Abdulloh 2-o‘rin, Abduxalilov Muhammadali, Botirov Alibek hamda Choriyev Imronbeklar 3-o‘rinlarni egalladi.

Mazkur yutuqlar yosh sportchilarning mehnati va salohiyatini namoyon etib, ularni yanada katta marralar sari ruhlantiradi. Bu kabi musobaqalar esa mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun