G‘olib talaba bo‘ladi

Date:

Yoshlarning ilmiy salohiyatini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ta’limga yanada keng jalb etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda o‘tkazilayotgan fan olimpiadalari iqtidorli o‘quvchilar uchun katta imkoniyat yaratmoqda.

Termiz davlat universitetida fan olimpiadasining yakuniy bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi. Dastlabki bosqichlarda 3000 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashgan bo‘lsa, finalda 300 nafarga yaqin eng saralari kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlari bo‘yicha bellashdi. Jarayonlar shaffof va adolatli tashkil etilib, ota-onalar tomonidan onlayn kuzatildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, har bir yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi. Eng muhimi, ular grant asosida Termiz davlat universiteti talabasi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Mazkur olimpiada yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim o‘rin tutadi hamda kelajakda yetuk mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun