“Zakovat”da tengsiz

Date:

Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni bilim va tafakkurga undash bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda o‘tkazilayotgan “Zakovat” kabi musobaqalar iqtidorli yoshlarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual musobaqasining respublika bosqichida DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yuksak natija munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva o‘quvchilarni samimiy tabriklab, ularning muvaffaqiyati yurt kelajagi uchun muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, g‘oliblarga markaz tomonidan yuborilgan kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Mazkur yutuq yoshlarning bilimga chanqoqligi va intellektual salohiyatining yuksak darajada ekanini ko‘rsatadi. Bunday muvaffaqiyatlar esa kelajakda yetuk, bilimli va raqobatbardosh avlodni shakllantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun