Savdo va hamkorlik yangi bosqichda

Date:

Mintaqalararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va yangi bozorlarni rivojlantirish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish nafaqat savdo hajmini oshiradi, balki hududlar iqtisodiy taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida Surxondaryo va Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi vakillari bilan uchrashib, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi keskin oshib, 2024 yilda 48 million dollardan 239 million dollarga yetgan.

Hududning qulay geografik joylashuvi, rivojlangan transport infratuzilmasi va erkin savdo zonasi imkoniyatlari hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Forumda qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat sanoati va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi. Shuningdek, eksport-import yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida yangi kelishuvlarga erishish, istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda savdo hajmini yanada oshirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu esa kelgusida mustahkam iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga zamin yaratadi.

Oldingi sahifaYoz o‘tadi soz
Keyingi sahifaNuroniylar e’tiborda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun