Har detalda qadriyat…

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida xorijlik mehmonlar Boysun turizm majmuasida yaratilgan sharoitlar, milliy qadriyatlar va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishmoqdalar. Tadbir yurtimizning tarixiy an’analari va zamonaviy turizm salohiyatini keng namoyish etishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Festival davomida mehmonlarga milliy hunarmandchilik namunalari, an’anaviy liboslar, bezaklar va qadimiy urf-odatlar taqdim etilmoqda. Har bir burchakda tarix va madaniyat uyg‘unligi yaqqol sezilib, tashrif buyuruvchilarda katta taassurot uyg‘otmoqda.

Fransiyadan tashrif buyurgan mehmon — Mishel xonim festival haqidagi fikrlarini bildirib, tayyorgarlik jarayonlari unda chuqur taassurot qoldirganini ta’kidladi. Uning aytishicha, har bir detalda milliy an’analar, samimiy muhit va mehmondo‘stlik ruhi aks etgan bo‘lib, bu holat festivalga o‘ziga xos joziba bag‘ishlamoqda.

“Boysun bahori” kabi xalqaro festivallar nafaqat madaniy almashinuvni rivojlantiradi, balki O‘zbekistonning turizm salohiyatini dunyoga keng targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun