Parasamboda xalqaro muvaffaqiyat

Date:

Armanistonning Yerevan shahrida bo‘lib o‘tgan parasambo bo‘yicha jahon kubogi bellashuvida vatandoshimiz Isoqjon Abduraxmonov yuksak mahorat namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa o‘ta kuchli raqobat ostida o‘tgan bo‘lib, sportchimiz o‘zining texnik tayyorgarligi, chidamliligi va qat’iyatini namoyish etgan holda final bosqichiga qadar yetib bordi. Uchrashuvlar davomida Isoqjon Abduraxmonovning professional yondashuvi va jangovar ruhi uning yuqori sport mahoratga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Ushbu natija nafaqat sportchining shaxsiy yutug‘i, balki mamlakatimizda parasportni rivojlantirish, imkoniyati cheklangan sportchilarga yaratilayotgan sharoitlarning samarali natijasidir. Jahon miqyosidagi bunday muvaffaqiyatlar yurtimiz sportining nufuzi oshib borayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun