Sportda yetakchi kim?

Date:

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda — sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun tashkil etilgan sport musobaqalarining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda jamoalar munosib ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdi:

1-oʻrin – Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi

2-oʻrin – Respublika tez tibbiy yordam markazining Surxondaryo filiali

3-oʻrin – Shoʻrchi tumani tibbiyot birlashmasi egalladi.

Yuqori natijalar evaziga Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasi viloyat miqyosida “Eng yaxshi tuman tibbiyot birlashmasi” deb e’tirof etilib, 30 million so‘mlik vaucher bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan voleybol bo‘yicha ayollar jamoasi viloyat kasaba uyushmalari tomonidan rag‘batlantirilib, joriy yil may oyi boshida Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyati hamda Zomin hududlariga sayohat yo‘llanmasi bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuqlar tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun