Ekologik nazorat kuchaytirilmoqda

Date:

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish va havoning tozaligini ta’minlash masalasi dolzarb ekologik yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar havoning ifloslanishiga asosiy omillardan biri sifatida baholanadi. Shu bois hududlarda “Toza havo” oyligi doirasida tizimli profilaktik va amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Uzun tumanida Ekopolitsiya xodimlari tomonidan “Toza havo” oyligining birinchi bosqichi doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tadbirlar davomida avtotransport vositalarining texnik holati o‘rganilib, ularning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlari maxsus nazorat vositalari orqali tekshirildi.

Shuningdek, haydovchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga ekologik talablar, transport vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va atrof-muhitni asrash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mutaxassislar tomonidan transport vositalarining soz holatda bo‘lishi nafaqat ekologik xavfsizlik, balki inson salomatligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, bunday amaliy tadbirlar hududda havo sifatini yaxshilash, zararli chiqindilarni kamaytirish hamda aholining sog‘lom yashash muhitini ta’minlashga xizmat qiladi. Ekologik nazoratning kuchaytirilishi esa kelajak avlod uchun toza va xavfsiz tabiatni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun